Skin in the Game silsila postlari
Akademik tadqiqotchining ilmiy ishlari jamiyatda qo'llanilishining ehtimoli 0.00001%. Olimlarni ham hisobga olganda. Novvoyniki esa 100%. manba
shuning uchun azizlar, ilmi nofe'ni qidirish kerak. Ko'r-ko'rona ketish bo'lmaydi
Aynan o'sha suhbatda Taleb akademiklarni aksarini tanqid qilib aytyapti: "1) Akademiklarning aksari o'z ilmiy ishlarining qo'llanishi asosida kelib chiqadigan zararlarni bo'yniga olmaydi, 2) Jamiyatda samaradorligi past lekin boshqalarga aql o'rgatmoqchi bo'ladi, 3) barqaror daromadga ega "
Yana aytyapti: ilm-fan rivojlanishi -> texnologiya rivojlanishiga olib keladi emas balki teskarisi. Yana Tibbiyot va Muhandislik sohalarining asosiy turtkisi akademia emas balki amaliyot va ustoz-shogird an'anasi.
Yana Taleb "Skin in the Game"da aytadi: "Nazariy jihatdan, nazariya va amaliyot orasida farq yo'q. Ammo amaliy jihatdan, farqi bor." Bunga qo'shimcha qilib aytadi: "Akademik tadqiqotchining ilmiy ishlari jamiyatda qo'llanilishining ehtimoli 0.00001%. Olimlarni ham hisobga olganda. Novvoyniki esa 100%. Yana bilginki umumiy hisobda iqtisod/moliya kafedrasining qo'shgan hissasi MINUSDA(ya'ni zarar olib kelgan)."
Yana aytadi: "Antifragile" kitobida keltirilganidek ba'zi "ilmiy" tadqiqotlar aslida amaliyotchilar tomonidan kashf qilingan.
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.