Blog ochish nima kerak deb o'ylab, sabab topib ochgandim. Har safar post yozganda ham shu sabablarni eslayman.
Blog fikrlaringizni tartiblashga yordam beradi.
Bir fikrni tushuntirish uchun uni to'g'ri ketma-ketlikda bo'laklab, mantiqiy zanjir hosil qilib berish kerak.
Agar miyada (tafakkur bilan) yoki qog'ozda tartiblanmasa, fikringizni oson tushuntirib berolmaysiz.
Bizni biz qilib turgan — fikrlarimiz.
Kimnidir tanish uchun fikrlarini eshitish kerak, tashqi ko'rinishiga qarab tanib bo'lmaydi.
Blogda shu fikrlarimiz jamlab qo'yiladi.
Birov yetarlicha o'qib chiqsa siz bilan gaplashgandek bo'ladi, sizni taniydi.
Bugungi kunda do'st tanlashda blog keng foydalanilmasada, ko'rishgan, tanishgan insonlaringizni aslida kimligini, qanaqaligini, saviyasini blogiga qarab bilsa bo'ladi.
Demak, blogdan maqsad shunchaki yozish emas, fikrlarni tartiblab, jamlab qo'yish.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
26.08.2024, Buxoroi Sharif
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.