Inson dunyoda yashar ekan hayot qonun-qoidalaridan ba'zilariga tez-tez murojaat qilib turadi, va bular har kim uchun har xil bo'ladi.
Prinsiplar mana shunday shakllanadi.
O'zimning ko'p prinsiplarim ushbu qoida ustiga qurilgan:
Har bir kutilgan narsa yaqindir.
Ya'ni bir narsani kutar ekansiz, uni yaqin, deyarli kelib qoldi deb e'tiqod qilish.
Kechroq kelishi rejalashtirilgan ishlarga ham yaqininigizdadek, juda tez fursatda keladigandek tayyorlanishingiz.
Sababi faqatgina hozirgi fursatimizni nazorat qila olamiz.
Kelajakka bugun tayyor bo'lmasak, ertaga tayyor bo'lishimizning kafolati umuman yo'q.
Kafolati yo'q narsalarga esa suyanib bo'lmaydi.
Bunga o'xshash boshqa gaplar ham eshitgansiz, masalan:
Agar maqsadingiz haqiqiy bo'lsa, buguningizga ta'sir qilayotgan bo'lishi kerak — chunki haqiqiy bo'lmagan maqsadlarni amalga oshishini astoydil kutmaymiz.
Ya'ni harakatni bugun/hozir boshlang, kelajakka kafolat yo'q.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
24.12.2024, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.