Bu mavzuda hamma blogida yozgan bo'lsa kerak, men ham bir yozay..
Ya'ni yangi yilning kelishi, 1-yanvar va hkz.
Ba'zilar har yilning oxirida yutuqlarini bo'lishadi, ba'zilar keyingi niyat/maqsadlarini e'lon qilib qo'yadi.
Scott Adamsning bir kitobida systems versus goals degan bo'lim bor edi — ya'ni maqsadlarning o'ziga emas ularga olib boradigan tizimga urg'u berish haqida. Bu haqida maqolalar ham juda ko'p.
Xulosa: tizimsiz, rejasiz maqsadlar haqida gapirish befoyda, baribir yarim yilga bormay ko'pchilik unutvoradi/taslim bo'ladi.
Shuning uchun aslida keyingi yilga maqsad qo'yishdan avval o'tgan yilni sarhisob qilish foydaliroq. Kamchiliklar aniq ko'rinadi.
Kamchilik ko'rinsa og'riq paydo bo'ladi, keyin mas'uliyatni his qilib yechimga yuriladi, shunda yaxshiroq o'sish bo'ladi.
+ og'riq ko'rinib tursa 1-yanvarni kutmasdan harakat qilishga sabablar topiladi.
Aslida har lahzada o'zimizni tahlil qilib turishimiz kerak, hatto fikrlarni ham tahlil qilishgan.
Yillarni, oylarni, haftalarni keyin har bir kunni shunday tahlil qilib, shu darajaga chiqsa bo'ladi. Lekin bunga ancha vaqt ketadi.
Xullas asosiysi sababsiz intizom shakllantirishga urinish emas, sabablarni tushunib, tabiiy majburiyatlar hosil qilish kerak menimcha.
Ha aytgancha, o'tgan yilgi yutuqlarini bo'lishadiganlarning ko'plari qilayotgan ishlarini tez-tez tahlil qilib tursa kerak, yoki qayergadir yozib turishadi. Hammasini miyada saqlab yurish qiyin.
Oxirida aytmoqchimanki, nimadir qilmoqchi bo'lsangiz hozir qiling — maxsus kunni kutish, shu ishni qilishga tuzukroq sababi yo'q odamning ishi, baribir u davomli bo'lmaydi.
bugun kech bo'ldi lekin, ertadan qilamiz endi)
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
04.01.2025, Buxoroi Sharif
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.