Har qanday narsani o'rganish uchun sabab 2 xil bo'ladi:
1) Qiziqish 2) Majburiyat
Aslida qiziqish ham bizni majbur qiladi — qiziqqan narsamizni o'rganmasak chanqagandek his qilamiz.
Demak muammolarimizga yechim topish uchun o'qib o'rganamiz.
Ko'pchiligimizdagi muammo — biz uchun kerakli bilimlarning o'zbek tilida mavjud emasligida.
Tilni o'rganganimizdan keyin yechim faqat o'qish masalasi bo'lib qoladi xolos.
Juda ham kerakli kitoblar, maqolalar, ilmiy ishlarni osh narxiga topsak bo'ladi, faqat tilni bilishimiz kerak.
O'zi aynan bizning millat uchun boshqa tillarni o'rganish osonroq, fahmlash qobiliyatimiz tez bo'lgani uchun. Manba
Til o'rganishning boshqa foydalari ham ko'p — Gyote "Chet tilini bilmagan, o'z tilini bilaman demasin" degandi. Ya'ni chet tilini o'rganish ona tilining yaxshilanishiga ham sabab bo'ladi.
Chunki yangi til o'rganganda o'zimiznikiga taqqoslaymiz, ba'zi farqlarni ko'rib yaxshiroq tushunishni boshlaymiz.
Yana, millat sifatida ularda mavjud bo'lmagan qadriyatlarimiz borligini tushunamiz.
Ingliz tilini o'rganayotgan davrimda ko'p insho yozardik, o'qituvchimiz hammasini tekshirishga ulgurmagani uchun guruhdagilar bir-birining insholarini tekshirardi. Musobaqa qizg'in bo'lardi. Imloviy xatolarni (o'zbek tilida ham) sezib qoladigan ko'nikma o'shanda paydo bo'lgandi.
Xullas shunaqa gaplar — nega til o'rganish kerak, o'rgangandan keyin nima foydalar olinadi, bularni tushuntirdim deb umid qilaman. Qanday o'rganish kerakligini gapirish shartmas, o'quv markazlari yaxshi variant.
Endi faqat qat'iyat bilan o'rganish kerak, cheksiz bilimlar eshigini ochayotganingni tushunib.
Bu post aslida sen uchun edi, ukam. Gazini bos. IYKYK
"Ukam" o'rniga xohlagan ism qo'yib o'qisa ham bo'ladi.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
19.02.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.