Biz qarorlarimizdan iboratmiz, do'stlar.

Qiladigan ishlarimizga doim qarorlarimiz sabab bo'ladi.

To'g'ri qarorlar qabul qilishni o'rganish shuning uchun juda muhim.

Shu postni o'qiyotganingiz ham qaroringiz.


Mana endi aqliy modellar mavzusiga keldik.

"Kivano yeysizmi yoki mangostinmi?" deb siz bilmagan mevalarni aytsam, tanlay olmaysiz, chunki bu mevalar haqida eshitmagansiz.

Bular haqida bilimimiz yo'q. Tanlash uchun formulamiz yo'q.

Hayotda bundan ancha muhimroq qarorlarni qabul qilamiz:

Do'st tanlash, qayerda o'qish, ishlash, oila qurish..

Ancha jiddiy mavzular — bu mavzular haqida bilimlarimiz, formulalarimiz bo'lmasa ko'p xatolar qilamiz.


Qomusiy bo'lish masalasini ham shu yerda yoritib ketsak bo'lar ekan.

Xos bilim haqidagi postimizda qomusiylik boshqalardan ajralib turishning eng yaxshi yo'li ekanligini aytgandik.

Buning sababi — qomusiy kishilarning fikrlashi faqat bitta modelga cheklanmagan bo'ladi.

Bitta vaziyatni o'nlab nuqtai nazarlardan baholay oladi.

Shuning uchun ular boshqalardan oldinda bo'ladi.

Faqat bitta sohani o'rganib hatto Nobel olgan kishilardan ham ular ancha baxtliroq yashaydi.


Ko'ryapsizmi, aqliy modellar qanchalik muhim ekanligini?

Agar kishining dunyoqarashi faqat bir-ikkita modellarga cheklanib qolsa, dunyodagi hodisalarni shu modellariga moslashga urinib yashaydi.

"Faqatgina boltasi bor odamga hamma narsa o'tin bo'lib ko'rinadi."

Qanaqa kasal kelsa ham "ichingda jin bor ekan" deydigan jinkashlar kabi.

Munger donishmandlik/farosat bitta kafedradan topilmaydi degandi.

Bu modellar o'rganilgandan keyin inson muhim qarorlarni qabul qilishi oson bo'lib qoladi.

Va vaqt o'tgan sari bu modellar prinsiplarimizga aylanib boradi.


Eng muhim modellarga bir nechta misollar:

  1. Hell yeah or no
  2. Run uphill
  3. Permutations and combinations
  4. Falsifiability
  5. Inversion

Mungerning 100ga yaqin modellari bor edi.

Endi albatta qanaqa kiyim kiyish haqida modellar bo'lishi shartmas — bizga modellar juda muhim qarorlarda kerak bo'ladi.

Bular shunchaki yodlab qo'yiladigan narsamas, kundalik hayotimizda, qarorlarimizda sinab ko'rib o'rganamiz.


Xullas shunaqa gaplar, post ham cho'zilib ketti, oxirigacha o'qiganlarga tashakkur.

Ha aytgancha, buyog'iga postlar har seshanba kunlari chiqadi.

Xurshid bro (t.me/xurshidblg)

25.02.2025, Toshkent