Mindset kitobini tavsiya qilishganiga olib o'qib ko'rdim.

Qisqaroq qilib xulosasini va fikrlarimni yozib ketaman.


Kitob bir-biriga zid dunyoqarashlar haqida:

1) Fikrlash nuqtai nazari qotib qolganlar 2) Doimiy o'rganuvchilar

Birinchi turdagi kishilar shaxsparast bo'lishadi. Hamma narsani shaxsiy qabul qilishadi, shaxslarni yaxshi ko'rib, shaxslardan nafratlanishadi. Xatosini gapirsangiz "o'zingchi?!" deyishadi.

Bu tabiat kimning tabiatini eslatadi deb o'ylaysiz?

Ha, "Men undan yaxshiroqman" deganning tabiatini. Shaxsiyatini haqiqatga tenglashtiruvchilarning tabiati.

Bunaqalar tashqaridan kuchli, birovga muhtojmasdek ko'rinadi.

Lekin kichik bir muvaffaqiyatsizlik ularni ichidan sindirib qo'yadi. Umidsiz qiladi.

Gap optimizm va pessimizm haqidamas — chunki bunaqa kishilar stressdan tashqari holatlarda normal hayot kechirishadi. Asosiy farq qiynalganlarida ko'rinadi.


Ikkinchi turdagi kishilar — qiynalishni yaxshi ko'radiganlar. O'rganish uchun imkoniyat deb biladiganlar.

Bular xatolarini oson qabul qilishadi. O'rganish, rivojlanishga intilib xatoning o'zinimas, uning ortidagi foydalarni ko'rishadi.

Lekin xatodan o'rganish uchun avval uni tan olish kerak. Shu joyida ko'p qoqilamiz.

Lekin bilishimiz kerakki — kuchli bizneslar xatolar va qayta urinishlar ustiga quriladi.

Dyson changyutgich yaratishda 5000 dan ortiq prototip yasagan. SpaceX esa raketalarini bir necha bor portlatib yuborgan.


Hayotimizni butun boshli maktab deb hisoblashimiz kerak.

Bilim bizga asosan nima ishni qilishga urinib ko'rish va xatolardan o'rgangan xulosalarimizni mustahkamlash uchun kerak bo'ladi. Qolganini tajribada, xatolar qilib o'rganib olaveramiz.

Xurshid bro (t.me/xurshidblg)

26.02.2025, Toshkent