Bugun Ramazonning 4-kuni, do'stlar.
Ramazon oyi haqida bir gaplashsak.
To'qlikka o'rganganmiz. Naval kitobida aytgandi, lazzatga qaram bo'lib qolganmiz deb. Ochlikka o'rganmaganimiz sabab bu oyni passiv o'tkazamiz.
Aslida Ramazon — quvvat, faoliyat oyi. Badr, Makka fathi misol.
Ochlik sabrni o'rgatadi, ochlarning ahvoli bilan tanishtiradi, tanaga foydalari haqida gapirmasa ham bo'ladi.
Tarovehning muhimligi ham shunda — 20 rakatga chidab berolmagan jangda chidarmidi?
Bu oyda o'zimiz — ichki dushmanimiz bilan kurashamiz (tashqaridagisi kishanlanganku). Biz odatlanib qolgan kamchiliklarimiz, gunohlarimiz o'zimizdan ekanligini ko'ramiz.
Asosiysi — odat shakllantirish uchun eng ideal payt. Bizga kerakli ko'p odatlarni shakllantirishga 21 kun takrorlash kifoya qiladi.
Ramazonda qadr bor, aslida uxlamay kutib olishga shu kecha arziydi. Oxirgi o'n kun juda muhim. O'tkazib yubormaslik uchun hozirdan tayyorgarlik ko'rish kerak (uxlab qolib keyin aytmadi demanglar).
Xullas Ramazonni qancha ta'riflasak shuncha kam.
Ramazon muborak bo'lsin, azizlar!
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
04.03.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.