Hayotimiz hissiyotlar bilan qiziq.
Ularsiz yashashni hech kim xohlamasa kerak.
Lekin inson hayotda to'g'ri qarorlar qabul qilishi uchun hissiyotlarni boshqarishni o'rganishi kerak bo'ladi.
O'ylamay yoki chala o'ylab turib, vaziyatga beriladigan birinchi reaksiya hissiyotdan keladi.
Kamsitgan/tanqid qilgan odamga tezda javob qaytarish, mashinada ketayotganda kimdir xato qilib qo'ysa baland signal chalish va hokazo.
Sabr qilish — qisqa muddatda hissiyotlarni boshqarish demakdir.
Xotirjamlik shundan keladi.
Hissiyotlarni boshqarishni qayerdan o'rganamiz?
Tafakkur va tahlil yordam beradi. Qaysi hissiyot qayerdan kelgani, nima sababdan reaksiya ko'rsatganimiz, nima yomon natijaga olib kelganini o'ylab ko'rish.
Va xotirjam kishilar bilan yurish ham yordam beradi.
Hissiyotlarni boshqaring, oson yashaysiz!
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
25.03.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.