Odamzotning tug'ilganidan vafot etganigacha yashash tarzining, xatti-harakatlarining rivojlanishi, o'zgarishiga e'tibor bersak, atrof-muhitning ahamiyatini tushunamiz.

Qo'pollar ichida qo'pol, qo'rqoqlar ichida qo'rqoq, umidsizlar ichida umidsiz bo'lib yetishasiz.

Odatlar, fikrlar muhitning ta'siri ostida shakllanadi.

Ya'ni muhitning tortish kuchi borligi bu — fakt.

Buni bilib turib, chora ko'rish-ko'rmaslik, aslida kim ekanligingizni belgilaydi.

Ahmoqlar bu qonunni o'z foydalari uchun ishlatishmaydi. O'ziga tortadigan zararli arqonlarni kesishmaydi. Foydali muhitga talpinishmaydi.

O'sha zararli arqonlarni kesish, ularga qarshi chidab turishdan ming marta osonroq bo'lsa ham. Foydali muhit maqsadga ming marta tezroq olib borsa ham.

Qaysi tomondaligingizni tanlagandan keyin amal qilmasangiz, baribir teskari tomonda turgan bo'lasiz.

Xurshid bro (t.me/xurshidblg)