Oxirgi postimizda sabr haqida gaplashgandik. To'g'rirog'i qisqa muddatli ishlarda sabrli bo'lish haqida.
"Uzoq muddatdachi?" deb so'raydi o'quvchi.
"Blog boshladim, yetarlicha kuzatuvchi yig'ilmayapti." "Kitoblar o'qiyapman, lekin 10tasini ham hali tugatolmadim."
Xullas biz uzoq muddatda, yillar davomida qilishni rejalashtirgan ishlarimiz, odatlarimizning natijasini tez ko'rishni xohlaymiz.
Ba'zan sabrimiz yetmaydi, to'xtatib qo'yamiz. Natija ko'rinmagani uchun.
Nima qilish kerak?
Bir ma'noda sabrli bo'lish shunchaki kutish emas — natija kelganicha boshqa ish qilib turish degani.
Ya'ni natijaning yo'qligi harakatimizga ta'sir ko'rsatmasligi uchun bo'sh qolmay, boshqa ishlar bilan ham mashg'ul bo'lish.
Sababi — shunchaki kutish qiyin bo'lgani uchun, inson keraksiz, zarar beradigan ishlarni qilib qo'yishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqda blogerlarning hype uchun qiladigan ishlarini bilsangiz kerak. Boshqa tayinli ishi bo'lmagani uchun har narsa qilib ko'rishadi. Kishilarga manfaat keltiradimi yo'qmi muhim emas. Instagramini olib qo'ysangiz real hayotda hech narsasi qolmaydi.
Sabrli bloger nima qilishi kerak edi? Bir oyda 2 dona video olib 2-3 yil sabr qilishi kerak edi. O'zining biror sohada ishi bo'lishi, blogni o'sha sohaga doir mavzularda yuritishi kerak edi. Keragidan ortiq auditoriya yig'ilib qolgan bo'lardi.
Xullas, harakatlar reja bo'yicha ketyaptimi? Bo'ldi, boshqa ishlarni qilib turing, natija baribir keladi.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
01.04.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.