Jaloliddin Rumiyning bir gaplari bor ekan:

"Jim bo'lganing sari ko'proq eshita olasan."

Bir ma'nosi boshqalarni eshitish bo'lsa, boshqa bir ma'nosi o'zimizni eshitish bo'ladi.

Bugun boshqalarni eshitish, kamgap bo'lish haqida gaplashmaymiz, do'stlar. Menimcha bu haqida juda ko'p, yetarlicha eshitgansiz.

Bugun o'zimiz bilan gaplashish, o'zimizni eshitish haqida gaplashamiz.


Hozirda ma'lumot/xabar almashish oson bo'lgani sabab, boshqa narsalar (videolar, kuzatadigan kishilarimiz, podkastlar...) bilan bo'lib o'zimizni deyarli eshitmayapmiz, fikrimcha.

"O'zini eshitish nega kerak?" so'raydi o'quvchi.

— O'zimizni tanish uchun.

"O'zini tanish nima degani?"

— Qobiliyatini, xohishlarini, maqsadlarini va shaxsiyati (xarakteri)ni yaxshi bilish degani.

Kun davomida eshitilgan gaplarni keraklisini olib qolish degani. Hayotga tadbiq qilish degani. O'zgarish degani.


Navaldan iqtibos:

"Ijtimoiylashuv osonlashib boryapti, lekin buyuklar yolg'izlikda shakllanadi."

Bu haqida Akobir do'stimiz ham yozgandi.


Ha, yana bir gap — o'zini tanish, bu ma'rifatning boshlanish nuqtasidir.

Ma'rifat esa kishining saodatini kafolatlaydi.

Xurshid bro (t.me/xurshidblg)