Aqlli harakat tezlik, tartibli harakat esa baraka degani.
Tartibsiz, rejasiz yashash iqtidorni o'ldiradi.
Hayotni ma'nosiz qiladi.
Puxta tartib-intizom esa natijani kafolatlaydi.
Puxta bo'lishi uchun diqqat bilan ko'rib chiqilishi kerak.
Miyaning quvvati juda turli mavzularga ketib qolsa, diqqat qiyinlashadi.
Reels, shortsda mavzular o'ta tez va oson almashadi — demak diqqatga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Bularga vaqt sarflagan kishi tartib haqida diqqat u yoqda tursin, fikr ham yuritmaydi.
Tartib bo'lmagandan keyin muhim ishlar qolib ketadi.
Harakatga baraka, maqsadga yaqinlik, fikrga tiniqlik, ruhga taskin — barchasi tartibdan keladi.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
15.04.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.