Bir dona qaror hayotimizni yaxshi tomonga o'zgartirib yubora oladi.

Faqat bu o'zgarish tez kelmaydi, yillar talab qilishi mumkin.

Bu nimaga o'xshaydi?

Yillar davomida o'sib katta bo'lgan daraxtni 1 kunda kesib tashlash mumkin.

Xuddi shunga o'xshaydi — birgina qarorimiz bilan hayotimizni barbod qilishimiz mumkinmi? Albatta ha.

Demak bu qoida teskarisiga ham ishlaydi. Faqat mevasi 1 kunda kelmaydi.

Ishini zo'r qilish, kitob o'qish, o'zini tahlil qilib yurish, to'g'ri ovqatlanish, sport.

Bularning mevasini yillardan keyin ko'ramiz.

— Bir kunda ham ko'rish mumkinmi?

— Menimcha yo'q.

Bir kunda erishsa bo'ladigan narsalar hech kimga qiziq emas — biz erishish qiyin bo'lgan narsalarni xohlaymiz.


Vaqt shundoq ham o'tib ketadi, yillarimizni shundoq ham yo'qotamiz.

Faqat ba'zilar bularni ijobiy natija uchun, ba'zilar hech narsa uchun yo'qotadi.

To'g'ri qarorlarni qabul qildingizmi? Sabr qiling — yillarimiz baribir o'tib ketadi.

Xurshid bro (t.me/xurshidblg)

22.04.2025, Toshkent