Birovga pulingizdan bersangiz pulingiz kamayadi.
Ilm ulashishda unaqa emas — qancha bersangiz ham ortaveradi.
Bugungi mavzu ilm ulashishning foydasi haqida bo'ladi.
Postlarimizda doim manba berib ketishimizni sezgan bo'lsangiz kerak.
Bu asosan 2ta maqsadda qilinadi: 1) Dalil sifatida, fikrlarni quvvatlash uchun. 2) Bilim ulashish uchun.
Kleon kitobida yozadi:
"Biror narsani o'rgansang, darhol boshqalarga ham o'rgat. Kitoblaring ro'yxatini ulash. Odamlarga ishingni o'rgatish uni qiymatini kamaytirmaydi, aksincha unga qiymat qo'shadi." — Manba
Bugun ishini ko'rsatganlardan, yegan ovqatini, sayohat qilgan joylarini ko'rsatadiganlar ko'proq.
Status o'yinlaridan boshqa narsa emas. Hurmattalablikning yaqqol belgisi.
Ish jarayoni, o'qish-o'rganish jarayonidagi bilimlarni ulashish esa hammaga manfaat olib keladi. O'quvchiga ham, o'rgatuvchiga ham.
Shuning uchun ham doim blog ochishni targ'ib qilamiz. Ishini, bilimlarini ulashadiganlar qancha ko'p bo'lsa shuncha yaxshi. Tanishlar orttiradi, jamoa yig'adi, boshqalarga yo'l ko'rsatadi.
Blog hech bo'lmaganda o'rganilgan bilimlarni bir joyga jamlashga, takrorlab turishga yordam beradi.
Boshqalar kapuchinosini ulashayotgan paytda, siz bilimlaringizni ulashing, yashirmang. Haqiqiy ilmi nofe' o'shanda hosil bo'ladi.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
29.04.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.