Oxirgi postda XABARni tekshirish haqida gaplashgandik.
Ba'zilarda savol tug'ilibdi:
"Maslahat bergan, nasihat qilgan har bir odamdan komillikni talab qilishimiz kerakmi?"
Shu savolga javob bersak.
Postda ba'zi bir misollar keltirilgan edi.
Agar e'tibor bilan ko'rib chiqilsa, barcha misollarning umumiy bir jihati bor — mualliflar ijtimoiy masalalarga aralashishgan (kitob yozib sotish, moliyaviy/hayotiy maslahatlar berish, auditoriya to'plab ta'sir qilish).
Minglab insonlarga ta'sir o'tkazishgan.
Kitob/media orqali ta'sir ko'rsatish orqasidan keladigan zararlarni hamma bilsa kerak. Davlatlar to'ntarishlari misol uchun kifoya.
Ular davlat to'ntaradi demoqchi emasman — shunchaki qayerdadir qizil chiziq bo'lishi kerakligini tushuntirmoqchiman.
Ijtimoiy masalalarda OAVga chiqib fikr bildirayotganlarni kimligini tekshirish kerak. Maqsadi nima ekanligini aniqlash kerak. Gapirayotgan soyasida mutaxassismi yo'qmi aniqlash kerak bo'ladi.
Nasihat/maslahatlarni qabul qilishga kelsak —
Masala ommaga emas shaxsimizga tegishli bo'lgani uchun ularni qabul qilish, mulohaza qilib ko'rishda muammo yo'q.
Hammamiz ham yaxshiroq inson bo'lishni xohlaymiz. Demak xatolarimizni aytgan kishi bilan bahslashish o'rniga, undan xursand bo'lib isloh qilib qo'yganimiz foydali bo'ladi. Manba
Bularni ko'rib aytish uchun insonlardan olimlikni, komillikni talab qilish ishni qiyinlashtiradi.
"O'zingchi" deb o'zini oqlashga urinish ham.
Menimcha savolga javob berildi deb o'ylayman.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
13.05.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.