Kishining qarorining muhimligi o'sha qarorga ajratadigan, bag'ishlaydigan e'tibori bilan o'lchanadi, nazarimda.
Ya'ni, nimani yoqtirsak, ulug'lasak — o'shanga e'tibor qaratamiz.
Kishilarning prinsiplarini bilib olish uchun nimalarga vaqt ajratayotganiga qarash kerak.
Kimlar bilan gaplashadi, kuzatadi, havas qiladi? Nima bilan band? Nimalarga resurslarini (vaqt, pul, quvvat, asab) sarflaydi?
O'zimizning kimligimizni bilishning ham eng sodda usuli bu.
Biz muhim sanaydigan ishlarga yetarlicha e'tibor bermayotgan bo'lsak, o'sha mavzularda mulohaza yuritib ko'rish vaqti kelibdi.
Aslida mulohaza yuritish uchun eng afzal vaqt — ishni boshlashdan oldingi vaqt edi.
Lekin keyingi eng afzal payt — bugun. Hozir.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
20.05.2025, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.