Nimadir eshitib miyani band qilib yurish — oson. Miyani bo'sh qoldirish (tafakkur) — qiyin. Chalg'imay uzoq muddat kitob o'qish — qiyinroq. Qaydlar olib o'qish — yanada qiyinroq. Uzun matn o'qishdan, uni yozish qiyinroq. Fikrni uzun matndan ko'ra qisqa matnda tugallash qiyinroq. (جوامع الكلم) Ma'lum va mashhur fikrlarni yozishdan, noyoblarini yozish qiyinroq. Sifatli va noyob matn yozish — oxirgi daraja.


Sifatli matn yozish davomida yuqoridagi barcha ko'nikmalar shakllanadi.

Muntazam yozish o'qishga majbur qiladi. Muntazam yozish tiniq fikrlashga sabab bo'ladi. Muntazam yozish xotirani kuchaytiradi.

ACT.

Xurshid bro (t.me/xurshidblg)

25.08.2025, Toshkent