Har bir lahzada imtihondasiz.
Zohiriy amallarda ham, botiniy amallarda ham. Birovga yaxshilik qilganda ham, yaxshilikni shunchaki istaganda ham. Jinoyat qilganda ham, jinoyatni xohlaganda ham.
Ba'zilar menga imtihonlar kelmayapti deb o'ylaydi. Aslida kichik imtihonlarda bo'ladi va takroran yiqilayotgan bo'ladi. O'zini riyozat (hisob-kitob) qilib turmagani sabab sezmaydi.
Imtihon "qiziqarli" bo'lishi kerak deb o'ylaydi. "Qiziqarli" imtihonlar uchun yuqoriroq chiqish kerak.
Kichik imtihondan yiqilish — kattaroq xato. Katta va "qiziqarli" imtihondan yiqilish — kichikroq xato.
Ya'ni xatolar kamayib, kichiklashsa imtihonlar kattalashadi. Yoki imtihonlar kattalashsa xatolar kamayib, kichrayotgan bo'ladi.
Demak eng avval katta va doimiy xato/jinoyatlarni topib, aniqlab, to'xtatish kerak.
Yo'qotib qo'ygan bo'lsa (o'ziga bilinmasa, topa olmasa) atrofdagilardan so'rash kerak.
SO'RASH KERAK.
Do'stlar shuning uchun kerak.
XULOSA:
Yuqoriroq chiqmoqchimisiz? Yo'qotib qo'ygan xatolaringizni izlang.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
27.05.2024, Toshkent
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.