Inson ijtimoiy jonzot hisoblanadi.
Tug'ilganidan boshlab vafot etadigan kunigacha deyarli barcha ehtiyojlarini boshqalar bilan kelishib qondiradi.
Masalan tayyor ovqatni kimdandir sotib olib yeydi, agar o'zi pishirmoqchi bo'lsa massaliqlarni sotib oladi, agar masalliqni o'zi yetishtirsa ularni parvarishi uchun zarur narsalarni sotib olishi kerak.
Xullas doim jamiyatingizdagi odamlarga muhtojsiz. Yolg'iz, hech kimning yordamisiz yashab qololmaysiz.
Jamiyatda insonning o'rni qilgan xizmati, taqdim etgan qiymatiga qarab baholanadi.
Shuning uchun har bir kishi o'zi tug'ilib o'sgan joyini, tilini, millatini unutmay, yodida saqlab yurishi kerak.
Chunki siz tug'ilganda ular sizni qabul qilishdi, siz bilan oldi-berdi qilishdi, sizning keragingiz bo'lmasa ham.
Shuning uchun jamiyatda har bir kishining o'z o'rni, mas'uliyati mavjud.
Jamiyatning eng kichigi — oila, eng kattasi — butun yer yuzidir.
Oilasini unutgandan Vatanga vafodorlik kutilmaydi. Mahallasini, shahar/qishlog'ini unutgandan ham millatga bir yaxshilik taqdim qilish kutilmaydi. O'zining aka-ukalari, qarindoshlari, do'stlari bilan boshqa tilda/shevada gaplashadiganlardan ham.
Xulosa:
O'zligingizni unutmang.
— Xurshid bro (t.me/xurshidblg)
06.06.2024, Buxoroi Sharif
Comments
No comments yet. Be the first to share your thoughts!
Leave a Comment
Your email address will not be published. Comments require moderation before appearing.