Inson boshqalarni o'zida mavjud bo'lgan so'z boyligi qadar tushunadi, taniydi.

So'z boyligida bo'lmagan tushunchalarni hech qachon fahmlay olmaydi.

Uyat, hayo, andisha degan so'zlar lug'atida bo'lmagan kishida uyat bo'lmaydi.

Xuddi shu ma'no quyidagi iborada keltirilgan.

"Bizni bilgan biladi" Ya'ni yaxshi xislatlarni tushungan, bilgan odam sizni yaxshi xislatlaringiz bilan taniydi.

"Bilmagan o'zi biladi" Ya'ni oliyjanob xulqlardan nasibasi bo'lmagan odam o'zida boricha, o'zini bilganicha biladi, taniydi. Undan ortig'ini tasavvur qilolmaydi.

Shu yerda tilning, lug'atning ahamiyati ko'rinadi. Millatning qadriyatlari bevosita tilga bog'liq ekanligi ham.

"Bilki gavhari sharifroq yo'q ondin!"

Tarixda tilimizga qilingan xurujlarning sababini tushungandirsiz?!

Xurshid bro (t.me/xurshidblg)

09.07.2024, Buxoroi Sharif